Moldova prezidenti Mayya Sandu rossiyalik taniqli jurnalist Yuriy Dudga bergan intervyusida mamlakatda 2022 yilda yuz bergan gaz inqirozi va narxlarning qimmatlaşib ketganiga sabab bölgan omillar haqida töxtalib ötdi.

Sanduning sözlariga köra, Rossiyaning “Gazprom” şirkati Moldova hukumatiga 700 million dollar qarzi borligi va uni tölamagunça gaz yetkazib beriş böyiça yangi şartnoma imzonlanmasligini ma’lum qiladi. Şundan söng hukumat xalqaro xalqaro auditorlarni işga jalb qilib, “Gazprom” iddaolari asossiz ekanini aniqlaydi.

“Nega bunday böldi? Birinçidan, narxlar butun Yevropada oşdi. Buni yaxşi eslab qoling. Boşqa tomondan, “Gazprom” bilan şartnoma tugagan paytda biz endigina hokimiyatga kelgandik va boşqa muqobil manbalarimiz yöq edi. Bu, albatta, yaxşi savol böladi, nima uçun 30 yil davomida oldingi hukumatlar gaz va elektr energiyasining muqobil manbalarini ta’minlay olmagan.

Öşa paytda “Gazprom” bizga şartnomani uzaytirişni istamasliklarini, hukumat 700 mln dollarlik qarzni öz zimmasiga olişi kerakligini aytdi. Bu “Moldovagaz”ning qarzi ekan.

“Moldovagaz” mamlakatdagi gaz taqsimlovçi kompaniya bölib, “Gazprom” uning asosiy aksiyadori hisoblanadi. Qisqasi, ular bizga sizning katta qarzingiz bor deyişdi. Tekşirişimiz kerakligini aytdik, çunki bu qarzlar qayerdan kelganini bilmaymiz. Tasdiqlanmagan qarzga imzo çeka olmasdik, çunki narx allaqaçon kötarilgan va juda baland edi, lekin qarz ham bor edi.

Şuning uçun, xalqaro auditorlarni yolladik. Auditorlar esa qarz 700 mln dollar emas, balki 8 mln dollar ekanini körsatib berişdi”, dedi Mayya Sandu.

Moldova prezidentining qöşimça qilişiça, ayni paytda ular gazni Yevropa bozoridan erkin narxlarda xarid qilişmoqda va eng muhimi, ularda boşqa muqobil manbalar mavjud.

Eslatib ötamiz, 2019 yilda Reuters agentligi Özbekiston ham Rossiyaning boşqa bir kompaniyasi “Lukoyl”dan gaz yetkazib bergani uçun 600 mln dollarga yaqin qarz bölib qolgani haqida yozgandi. Öşanda “Özbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov bu qarzdorlikni bartaraf etiş böyiça aniq rejalar borligini aytgan.