8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:56 / 08.06.2019 3326

Moldovaning hukmron partiyasi prezidentning iste'fosini talab qilmoqda

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Moldova demokratik partiyasi mamlakat prezidenti Igor Dodonning iste'fosini talab qilmoqda. Bu haqda mamlakatning hukmron partiyasi hisoblanmish DPMning rais o‘rinbosari Andrian Kandu ma'lum qildi.

«Dodon parlamentni tarqatib, mamlakatga o‘z siyosatchilarini tanlash imkonini berishi kerak. Kuzda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilamiz. Parlament va prezidentlik saylovlarini. Gap xoinlik haqida ketyapti. Prezident - xoin!»,- deydi Kandu.

Demokratlar sotsialistlar partiyasi va yevropaparast «Acum» bloki ishtirokida tuzilishi kutilayotgan hukumatni tan olmasliklarini ma'lum qilishmoqda.

Top