8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

20:24 / 08.06.2019 11874

Samarqandda «GAI»ga hujum qilganlar 15 sutkaga qamaldi

5 iyun kuni Samarqand shahrida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari va oddiy aholi vakillari o‘rtasidagi janjal tasvirlangan video tarqalgandi. Videoda bir necha kishi «GAI» xodimlari bilan mushtlashayotgani aks etgan. 

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, haydovchi yo‘l harakati xavfsizligi xodimining buyrug‘iga bo‘ysunmay, qochishga uringan. Atrofdagi kishilar esa uning qochishiga sharoit yaratgan.

Shaharning Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea ishtirokchilari ustidan sud hukmi chiqarildi. Kun.uz'ga taqdim qilingan sud ajrimiga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan V.S., 1989 yilda tug‘ilgan A.O. va 1995 yilda tug‘ilgan X.G‘. yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga bo‘ysunmay, ularga hujum qilganliklari uchun MJtK 195-moddasiga ko‘ra 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Haydovchi X.G‘.ga qo‘shimchasiga 194-moddaning 1-bandiga ko‘ra eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida (405 460 so‘m) jarima ham tayinlangan.

Top