8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:00 / 13.06.2019 5801

Mirishkor tumani dehqonlari Rossiyaga qovun eksport qilishmoqda

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da sabot bilan mehnat qilgan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining «Jyeynov» massivida faoliyat yuritayotgan Sherbek Rustamov boshliq «UMARQULOV ABDUXOLIQJON» fermer xo‘jaligi dehqonlari 15 gektar yerga plyonka ostiga erta bahorda yangi «Dakaru» navli qovun palagini o‘stirishga erishishgan edi.

Tadbirkor dehqonlar ayni yoz chillasi boshlanishi bilan  100 tonnalik eksportbop qovunni 400 tonnalik muzlatkichda joylab, peshma-pesh Rossiya Federatsiyasiga eksport qilishni boshlab yuborishdi. 

Rossiya Federatsiyasining OOO «KVANTUM» korxonasi bilan 100 ming AQSh dollarlik shartnoma tuzgan dehqonlar dastlabki 22 tonnalik sara qovunni shu yil 10 iyun kuni buyurtmachi  taklifiga asosan Rossiya bozoriga jo‘natishgan edi. Ushbu mahsulot ayni chog‘da Rossiya Federatsiyasining OOO «KVANTUM» korxonasi omboriga yetkazib berildi. 

Tadbirkor Sherbek Rustamov boshliq «UMARQULOV ABDUXOLIQJON» fermer xo‘jaligi dehqonlari iyun oyi oxirigacha yana 80 tonna qovunni eksport qilish ustida qizg‘in ish olib borishmoqda.

Top