Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanida suv havzasiiga baliq uşlaş uçun borgan fuqaro çökib ketgan. Hodisa 7 oktyabr kuni sodir bölgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 2023 yil 7 oktyabr kuni Koson tumanida yaşovçi fuqaro Z.T. şerigi O.T. bilan birga Mirişkor tumani Pomuq qişloğida joylaşgan Seçanköl sun’iy suv havzasiga baliq ovlaş uçun borgan va ehtiyotsizlik oqibatida suvga çökib ketib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi közdan keçirilib, aşyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Oradan uç kun ötib, 10 oktyabr kuni viloyat FVB tezkor xodimlari tomonidan fuqaroning jasadi Seçanköl sun’iy suv havzasidan topilgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















