Bugun, 3 avgust kuni xalq deputatlari Mirişkor tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi.

Sessiyada deputatlar Fayzulla Qurbonoviç Ğulomovni Mirişkor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlaşdi.

Fayzulla Ğulomov 1974 yilda Mirişkor tumanida tuğilgan. Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

U tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

Mirişkor tumaniga 2020 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Şerali Sanayev 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yiğilişda öndan ortiq tuman va şahar hokimlari qatorida işdan olingandi.