Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida bir kişi vafot etgan.

Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, YTH 2024 yil 2 yanvar kuni sodir bölgan.

Mirişkor tumani Yangihayot mahallasi Çandir qişloği hududidan ötgan yölda harakatlanayotgan Nexia maşinasi yölning qarama-qarşi tomonidan ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan piyoda körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan şifoxonada vafot etadi.

Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida odam ölimiga sabab böliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.