16:48 / 17.06.2019
6514
Ravshan Ermatov OFK prezidenti bilan gaplashdi
Foto: Tribuna.uz

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa ishtirokida telefon suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berdi. Suhbatning qaysi tomon tashabbusi bilan o‘tkazilgani ochiqlanmagan.

«Suhbat boshida Shayx Salmon Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi.

Suhbat davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish haqida gaplashildi. OFK O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ma'lum qilindi. 

Shuningdek, tomonlar turli dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashishdi hamda kelgusi rejalarni muhokama qilishdi. O‘zaro do‘stona aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ham bildirib o‘tishdi. 

Shayx Salmon va Ravshan Ermatov turli yangi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun har tomonlama hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati yuqoriligini alohida ta'kidlashdi hamda ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan o‘zaro ishonchni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olishdi»,- deyiladi xabarda.

Ravshan Ermatov 14 iyun kuni O‘FA vitse-prezidenti etib saylangandi. U hozircha tashkilotning birinchi vitse-prezidenti emas va 15 iyul kuni bu lavozimga o‘tkazilishi mumkin.

Top