8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:30 / 20.06.2019 37186

Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi. U endi Senat raisi bo‘lishi mumkin

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva lavozimini tark etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga bosh vazir tomonidan kiritilgan nomzod - Bositxonova Elmira Irkinovnani tasdiqlashdi.

Qayd etish kerakki, Tanzila Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Elmira Bositxonova o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.

Kun.uz manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Tanzila Norboyeva endi prezident farmoni bilan senator etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu holda u Senatning 21 iyun kuni o‘tkaziladigan yalpi yig‘ilishi vaqtida Senat raisi lavozimiga tavsiya etilib, lavozimga tasdiqlanishi mumkin bo‘ladi. U shu tariqa bugun Bosh prokuror etib tayinlangan Nig‘matulla Yo‘ldoshev o‘rnini egallashi va O‘zbekiston tarixiga Senat raisi bo‘lgan ilk ayol sifatida kirishi mumkin.

Top