8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:31 / 22.06.2019 14177

Atamboyev unga parlament tomonidan bildirilayotgan ayblovlarga izoh berdi

Foto: Knews

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakat parlamenti tomonidan unga bildirilgan ayblovlar va Jokorgu Keneshning uni daxlsizlikdan mahrum etish haqidagi qarori bo‘yicha bayonot berdi. 

“Jogorku Kenesh tomonidan mening nomimga bildirilgan ayblovlar mutlaq tuturiqsiz hisoblanadi, huquqiy asosga emas, uydirma gaplarga asoslangan va amaldagi prezidentning siyosiy raqibini bartaraf etishga intilishi bilan bog‘liq.  

Sooronbay Jeenbekov meni sukut saqlashga majbur qilish uchun uydirma ayblovlar bo‘yicha noqonuniy qoralashdan boshqa yo‘l topolmadi. Biroq u hech narsa qila olmaydi, vaholanki bu maqsadlarda bir yildan ko‘proq vaqtdan beri eng yaramas usullar, eng yaramas siyosatchilar, eng yaramas gaplar qo‘llanmoqda. Mening halol nomimga hujumlarda Jogorku Keneshning hukumat tomonidan qo‘llanayotgan deputatlari familiyasi va nufuziga e'tibor berishning o‘zi yetarli. 

Atamboyevga og‘rirroq zarba berish, aprel inqilobidan keyin ulardan ko‘pchiligi imtiyozlar, yog‘li joydan va o‘g‘irlangan mulkdan mahrum bo‘lgani uchun qasd olish uchun.  

Afsuski, men haqiqatan odamlar borasida yanglishgan ekanman. Aka-uka Jeenbekovlar boshchiligidagi eng “shirinso‘z” laganbardorlar eng darg‘azab dushmanlar va tanqidchilarga aylandilar. Aksincha, mening himoyachilarim orasida prezidentligim davrida “chetga surilgan” yoki “g‘azabga duchor bo‘lganlar” ko‘pchilikdir. 

Men Xudo va xalqim oldida pokman! Qonun va vijdonim oldida! Bu yillar ichida qilganlarimni faqat xalqim farovonligi uchun qilishga harakat qilganman va bularning barchasi odamlarimizga qoladi!

Hech qachon javobgarlikdan qochmaganman va Qirg‘iziston Prezidenti lavozimidagi har bir qarorim uchun javob berishga tayyorman.

Biroq Jeenbekov tomonidan uydirma ayblovlar bo‘yicha menga berilayotgan ayblanuvchi rolini albatta ijro etmayman. Ular xalqni uzoq alday olmaydilar va mening zimmamga o‘zlarining jirkanch o‘y-xayollarini yuklay olmaydilar. Odamlar Jeenbekovlardan birortasini va ularning laganbardorlarini “avtomat uchi ostida” hukumatni, parlamentni, qo‘mitalarni boshqarishga va normativ huquqiy hujjatlarni imzolashga hech kim majburlamaganini ko‘rmoqdalar. Adolat va qonun men tomonda! Or-nomus men uchun hayotimdan qimmatroqdir!”, deb aytgan Atamboyev.

Top