Bişkekning Pervomayskiy rayon sudi Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni maktab qurilişida lavozimini suiiste’mol qiliş va xorijliklarga noqonuniy ravişda pasport beriş töğrisidagi jinoyat işlari böyiça oqlov hukmini çiqardi. 

"Ayblovning barça epizodlari böyiça jinoyat tarkibida Atamboyevning iştiroki yöqligi sababli unga nisbatan oqlov hukmi çiqarildi", - deyiladi sud matbuot xizmati xabarida. 

Tergov xulosasiga köra, 2014 yilda Bişkek meri bölgan Kubaniçbek Kulmatov Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyatlarda ikkita maktab quriş uçun taqdim etilgan 2 million dollar miqdoridagi grantni Bişkekda maktablar qurişga yönaltirgan. Ma’lumotlarga köra, 660 örinli maktab qurilişiga 2 million dollar grant mablaği va budjetdan 114 million som (1,6 million dollar) sarflangan. 2019 yilda Kulmatov 5 million som (72 ming dollar) miqdorida jarimaga tortilgan. Tergov organlari uşbu qurilişni Atamboyev ma’qullagan deb gumon qilgan. Şuningdek, sobiq prezident 2016 yilda xorij fuqarolariga noqonuniy ravişda pasport beriş işida ham gumon qilingan.

Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgaça Qirğiziston prezidenti bölgan.

2020 yilda Almazbek Atamboyev kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ravişda ozod qilişdagi korrupsiya işi böyiça 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.