Sobiq prezident tartibsizliklar böyiça mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda. «U iyun voqealarining oldini olişi mumkin bölgani, lekin heç narsa qilmaganlikda ayblanmoqda», - dedi advokat. 

Qirğizistonda 2010 yilda fojiali voqealardan bir neça oy oldin tuzilgan muvaqqat hukumat mavjud edi. Uning tarkibiga 14 kişi, jumladan Roza Otunboyeva (muvaqqat hukumat rahbari), Almazbek Atamboyev (birinçi örinbosar), Temir Sariyev va Azimbek Beknazarov (deputatlar), Damira Niyozaliyeva (soğliqni saqlaş vaziri) kirgan. Emilbek Kaptagayev muvaqqat hukumat apparati rahbari bölgan. 

Iyun voqealari yuzasidan jinoiy iş böyiça tergov Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov topşiriği bilan 2021 yil aprelida qayta tiklandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining «Xizmat vakolatini suiiste’mol qiliş» moddasi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Muvaqqat hukumat amaldorlariga nisbatan iş qözğatilgan. 

Ma’lumot uçun, 2020 yilda Atamboyev kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ravişda ozod qilişdagi korrupsiya işi böyiça 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

2010 yil 10 iyun kuni Qirğiziston janubidagi Öş şahrida qirğiz va özbek etnik guruhlari örtasida töqnaşuvlar kelib çiqib, köplab qurbonlar bölgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 442 ta ölim qayd etilgan, biroq OAV 2000 dan ortiq ölim holati haqida xabar bergan.