Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmatining bildirishicha, Almazbek Atamboyevda Rossiyaga chiqish uchun huquqiy asos yo‘q.
Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga Moskvada davolanishiga ruxsat bermadi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Atamboyevda Rossiyaga chiqish uchun huquqiy asos yo‘q.
«Atamboyevning salomatligi nisbatan qoniqarli, u 27-koloniya tibbiyot qismida davolanmoqda», — deyiladi jazoni ijro etish xizmati bayonotida.
Almazbek Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgacha Qirg‘iziston prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U 2019 yilda prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilingan va korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan.
Avvalroq Atamboyev 2020 yil oktyabrda tartibsizliklar uyushtirish to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlangandi.
Mavzuga oid
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022
Atamboyevga 2010 yilgi O‘sh voqealari bo‘yicha ayblov qo‘yildi
20:19 / 31.05.2022