8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:54 / 22.06.2019 1729

Bolalarning oromgohlardagi favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalari oshirilmoqda

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quv yili yakunlanib, o‘quvchilarning tabiat qo‘ynidagi statsionar va kunduzgi bolalar oromgohlarida yozgi ta'tili boshlandi. 

Bu borada bolalarning hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, oromgohlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shu jumladan, yong‘in xavfsizligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmat xodimlari tomonidan oromgohlarda xavfsizlik, jumladan, yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBBning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hozirda oromgohlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi, bolalarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi, oromgoh hududi va xonalarida yong‘inga qarshi rejim saqlanayotganligini hamda mustahkam qo‘riqlanishini ta'minlash maqsadida tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Shuningdek, mavsum davrida bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari tomonidan doimiy ravishda barcha oromgohlarning xavfsizlik holati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib boriladi, deyiladi xabarda.

Top