O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- yong‘in xavfsizligini ta'minlashning yangi tizimini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash;
- aholi xonadonlarini metan, propan va is gazini barvaqt aniqlaydigan, xabar beradigan va gazni tarmoqdan klapan orqali uzib qo‘yadigan gazoanalizatorlar bilan ta'minlashni tashkil etish;
- yangi turar joy majmualari qurilgan, ma'muriy markazdan uzoqda joylashgan hamda yong‘inlarni tezkor bartaraf etish imkoniyati cheklangan hududlarda qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari hisobiga yong‘in-qutqaruv qismlari (postlari)ni tashkil etish;
- yong‘in xavfsizligini ta'minlash tizimining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;
- yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish va ommalashtirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 1 mart, ijro uchun mas'ullar - Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.











