8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:27 / 24.06.2019 17129

Barak Obamaning birinchi avtomobili sotuvga qo‘yildi

26 iyunda AQShning Konnektikut shtatidagi auksionda 2000 yilda ishlab chiqarilgan Jeep Grand Cherokee avtomobili sotuvga qo‘yiladi. 216 ming kilometrdan ko‘proq yo‘l bosilgan avtomobil AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning yangi holda sotib olgan birinchi avtomobili hisoblanadi. 

Obama o‘z avtomobili haqida 2010 yilda Detroydagi Chrysler avtomobilsozlik kompaniyasi ishchilari oldidagi nutqida so‘zlab bergan. Sotuvga qo‘yilgan Grand Cherokee ham bir vaqtlar shu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan.

Obama bir necha yildan keyin avtomobilini sotib yuborgan. Avtomobilni chikagolik bir ayol sotib olgan. Ayol mashina avval Obamaga tegishli bo‘lgani haqidagi hamma hujjatlarni saqlab qo‘ygan va 2010 yilda Obama prezident bo‘lgan vaqtda uni 26 ming dollarga sotib yuborgan.  

9 yil o‘tib mashina uning bardachogida topilgan ba'zi buyumlar bilan birga yana auksionga qo‘yildi. Bu buyumlar orasida Obamaning lanch uchun chekda yozgan yozuvlari, tashrif qog‘ozlari va avtoturargoh talonlari bor.

Ma'lumot uchun, 30 noyabrda Abu-Dabida afsonaviy poygachi Mixael Shumaxerning bolidi sotiladi. Poygachi ushbu mashinada faoliyatidagi 5-chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. Ushbu Ferrari poyga mashinasining boshlang‘ich narxi sir saqlanmoqda. Shunisi ma'lumki, mashina sotilishidan olinadigan pullarning bir qismi Shumaxer jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Jamg‘arma poygachi tog‘-chang‘i kurortida 2013 yil dekabrda chang‘i uchish vaqtida miyasidan jarohat olgandan keyin tashkil etilgan.

Top