8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:43 / 27.06.2019 17460

«Barselona» vitse-prezidenti: «Neymar qaytmoqchi, lekin...»

Foto: Getty Images

«Barselona» vitse-prezidenti Xordi Kardoner ikki yil oldin «PSJ»ga o‘tgan hujumchi Neymar jamoaga qaytmoqchi ekanini tasdiqladi. Shu bilan birga, u braziliyalikning transferi amalga oshishiga to‘la ishonch bildirmasligini ta'kidladi.

«Neymar qaytishni xohlayapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin bu narsa klubni tashvishga solyapti, degan fikrga qo‘shilmayman. Bu masala kun tartibida emas.

Uning jamoadan ketishi bilan bog‘liq, menga yoqmaydigan ko‘pdan ko‘p narsalar bor.

Biz Neymar bilan kelishib qo‘yganimiz haqidagi xabarlar noto‘g‘ri. U bilan aloqada emasmiz. «Barselona»da o‘ynashni yana ko‘plab futbolchilar xohlaydi.

Neymar qaytishni istayotgani meni hayron qoldirayotgani yo‘q. Boshqa futbolchilar, masalan Sesk [Fabregas] va [Jyerar] Pike bilan ham shunday bo‘lgan.

Neymar – zo‘r o‘yinchi, lekin uni qaytarishdan oldin u qay tariqa klubni tark etganini ham hisobga olish kerak», – degan Kardonerning so‘zlarini keltirdi Goal.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-raqam egasi «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati qo‘ygan shartlarga rozi ekani xabar qilingandi.

Top