11:17 / 29.06.2019
6525

Hindistonda devor qulab tushishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: NewsX

Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Puna shahrida quruvchilar baraklarini o‘rab turuvchi balandligi 23 metrli devor qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, devor ishchilar yashaydigan bir nechta barak ustiga qulagan. Hodisaga kuchli musson yomg‘irlari sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan. 

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Top