23:01 / 02.07.2019
8618

Lukashenko mamlakatni himoya qilish uchun Rossiya yoki NATOga suyanmaslikka chaqirdi

Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika o‘z mustaqilligini o‘zi himoya qilishi, Rossiya yoki NATO yordamiga ko‘z tikmasligi kerakligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mustaqillik g‘oyasini Belarus “jamiyati olqishlar bilan” qabul qilgan. 

“Qarz, mustaqillikni himoya qilish masalasi yuzaga chiqqanida esa hamma “yo‘q!” deb qichqirdi”, - dedi Lukashenko.

Lukashenkoning aytishicha, mustaqillikni himoya qilishning bir necha variantlari bor, masalan, NATOga murojaat qilish mumkin. 

"Agarda qattiq iltimos qilsak, ular bunga va'da berishadi. Siz shuni xohlaysizmi? Men xohlamayman", - dedi u. 

U boshqa variant sifatida Rossiyadan iltimos qilish mumkinligini aytdi.

“Iltimos qilishimiz va kelishishimiz mumkin... Sizlar bizni himoya qilishi uchun Rossiya tarkibiga qo‘shilishni istaysizmi? Yo‘q. Men ham istamayman”, - dedi Belarus rahbari.

Lukashenko belaruslar uchun uchinchi variant: o‘zini o‘zi himoya qilish qolganini ta'kidladi.

U shuningdek, vatanni barcha, ayniqsa erkaklar himoya qilishi shart ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

Mavzuga oid
Top