8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:00 / 04.07.2019 5039

«Gazprom» bilan ikkinchi mahsulot taqsimoti bitimi shartlari tasdiqlandi

Foto: Maksima Blinova / RIA Novosti

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi va “Gazprom EP Interneshnl B.V.” (Niderlandiya) o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jyel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bitimda qonunchilikda belgilangan me'yorlardan tashqari quyidagi kabi shartlar nazarda tutilgan:

kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi 75%;

foyda solig‘ining stavkasi 12%;

investorning qoplanishi shart bo‘lgan xarajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi 8%;

investor tomonidan o‘z huquq va majburiyatlarini uning “Gazprom zarubejneftgaz” AJ sho‘'ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati;

Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish v.h.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

Bitimda ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi Bitimning butun amal qilish davrida o‘z kuchini saqlab qoladi;

investorga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar operatorga ham tatbiq etiladi;

“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bitimning amal qilish davrida investorga foydalanishga beriladigan mol-mulklar uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

Bitim imzolangandan keyin O‘zbekiston qonunchiligiga bitim shartlarini yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda bitim shartlari o‘z kuchida qoladi.

2002 yilda «Gazprom» va «O‘zbekneftgaz» o‘rtasida «Gazprom»ning O‘zbekiston hududida mahsulot taqsimoti bitimi shartlarida tabiiy gaz qazib olish loyihalarida ishtirok etishini nazarda tutadigan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 2004 yildan beri «Gazprom» mahsulot taqsimoti bitimi shartlarida «Shoxpaxta» konida gaz qazib olishni tiklashda ishtirok etmoqda.

Top