Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFdagi BSH Hausgerate va Ariston şöba korxonalarining 100 foiz aksiyalarini «Gazprom bytovyye sistemy» vaqtinça boşqaruviga ötkazdi. Tegişli farmon 26 aprel, juma kuni huquqiy axborot rasmiy internet-portalida e’lon qilindi. Unga köra, «Gazprom» tuzilmasi «Ariston Termo Rus» MÇJ va «BSX Bytovyye Pribory» MÇJning Rossiyadagi barça aktivlari ustidan nazoratni qölga kiritadi.
«Interfaks» ma’lumotlariga köra, Bosch şu’ba korxonasi - «BSX Bytovyye Pribory» Sankt-Peterburgda röyxatdan ötgan va 2022 yilgaça «muzlatgiçlar va kir yuviş maşinalarini seriyali işlab çiqariş» bilan şuğullangan va undan keyin - ehtiyot qismlarni sotiş, maişiy texnika savdosi, şuningdek, xizmat körsatiş va kafolat xizmatiga aloqador bölgan. 2023 yilda u yerda 635 kişi işlagan.
2022 yil bahorida Bosch Rossiya korxonalarida işlab çiqarişni töxtatdi. 2023 yil dekabrida «Kommersant» nemis kompaniyasi özining rus biznesini Turkiyaning Can Holding investitsiya fondiga sotişni rejalaştirayotgani haqida yozgan edi.
«Ariston Termo Rus», deb yozadi «Interfaks», Leningrad viloyatida röyxatdan ötgan hamda maişiy texnika işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanadi. Bu yerda 300 ga yaqin kişi işlaydi. 2023 yilda agentlik ma’lumotlariga köra, uning daromadi 9,435 milliard rublni taşkil etdi.
Vladimir Putin xorijiy biznesni Federal mulkni boşqariş agentligi boşqaruviga beryapti
2023 yil aprel oyida Vladimir Putin Rossiyaning çet eldagi aktivlari musodara qilingan taqdirda «döst bölmagan» davlatlardan kelgan yuridik va jismoniy şaxslarning aktivlarini «vaqtinçalik boşqaruvga» ötkazişni nazarda tutuvçi farmonni imzoladi.
Öşa yilning iyul oyida Rossiyaning Carlsberg biznesi Federal mulkni boşqariş agentligi vaqtinça boşqaruviga berildi. Bir oy oldin u Rossiya Federatsiyasidagi aktivlari uçun xaridor topganini va u bilan şartnoma imzolaganini e’lon qilgandi.












