8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:44 / 06.07.2019 5928

AQSh toliblar bilan muzokaralarning so‘nggi raundi o‘ta sermahsul bo‘lganini bildirdi

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod “Tolibon” harakati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarning oxirgi raundini o‘ta sermahsul deb baholadi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

"Muzokaralarning oxirgi olti kuni barcha davrlar ichidagi eng sermahsuli bo‘ldi. Biz tinchlik kelishuvining barcha to‘rt bo‘limi: kontrterroristik kafolatlar, qo‘shinlarni olib chiqish, Afg‘oniston ichki muloqotidagi ishtirok va muzokaralar hamda muntazam ravishda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sezilarli siljishlarga erishdik", - deb yozdi Xalilzod.

U shuningdek, muzokaralar vaqtincha to‘xtatilganini va 9 iyuldan davom etishini ma'lum qildi.

Avvalroq “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shaxin toliblar 7-8 iyulda Dohada o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanda ishtirok etishini bildirgandi.

Top