8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:40 / 10.07.2019 3453

O‘zbekiston elektr energiya tizimiga qachon asos solingan?

Bugun, 10 iyul kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar xonasida Energetika vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan «Issiqlik elektrostansiyalari» AJ raisi Ruslan Mubarakshin O‘zbekiston energotizimi tarixi va bugungi kuni va kelajagiga oid qiziqarli ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Ma'lum bo‘lishicha, energotizim bo‘yicha ilk qadam bundan rosa 110 yil muqaddam, 1909 yilda qo‘yilgan. Toshkentning Dizelnaya ko‘chasi bo‘ylab qatnovchi tramvay uchun 135 kVt.soatli dizel elektronstansiya ishga tushirilgan. 1913 yilga kelib aholiga ham elektr energiyasi yetkazila boshlangan va 2 km.lik dastlabki liniya tortilgan. O‘tgan asrning 20-30 yillarida faol tarzda gidroelektrostansiyalar qurila boshlangan va eng qizig‘i ularning aksariyati hozirgi kunda ham ishlab turibdi.

Ikkinchi jahon urushi paytida ham yirik elektrostansiyalar, jumladan Angren AESi ham ishga tushirilgan va ularning quvvati bilan okkupatsiya qilingan hududlardan ko‘chirib kelingan zavod-fabrikalar ishlagan.

Mustaqillikdan keyin ishga tushirilgan Tolimarjon AESi yillik 900 megavatt quvvati bo‘yicha Markaziy Osiyoda tengi yo‘q hisoblanadi va MDH davlatlari orasida uchta shunday GES bor.

Respublikaning eneretika tizimidagi 49 tashkilotda 45 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda 80 foiz gaz, 6 foiz ko‘mir, 2-2,5 foiz mazut kabi yoqilg‘ilardan foydalaniladi.

Sohaning yillik aylanma mablag‘i 13 trln so‘m atrofida bo‘lgani holda 2019 yilda 783 mlrd so‘m ta'mirlash ishlariga sarflanadi. Xorijda umumiy tushumning kamida 10 foizi ta'mirlashga sarflanishi kerak, bizda bu ko‘rsatkich 6-7 foizni tashkil qiladi. 2019 yilda 4 mlrd dollarlik modernizatsiya ishlari rejalashtirilgan bo‘lsa, hozirga qadar 2,7 mlrd dollarlik ishlar bajarilgan. Kelajakda, 2021 yilga qadar barcha iste'molchilarni ASKUE tizimi orqali to‘lovga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jurnalistlarni eng ko‘p qiziqtirgan savol tabiiyki uzilishlarga qachon chek qo‘yilishi va o‘z energiya mustaqilligimizga necha yildan erishishimiz to‘g‘risida bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, faqat issiqlik elektrostansiyalari orqali 2020 yildan boshlab ishlab chiqarish hajmi har yili o‘rtacha 2-3 mlrd kVt.soatdan oshirib boriladi va 2025 yilga kelib hozirgi 58 mlrd kVt.soatdan 78 mlrd kVt.soatga, 2030 yilga borib esa 88 mlrd kVt.soatga yetkaziladi. Bundan tashqari, 2030 yilgacha tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini 110-120 mlrd kVt.soatga yetkazish rejalashtirilgan.

Top