Samarqandda tadbirkorning elektrdan qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo‘lgan ETK muhandisi ushlandi
Urgut tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi bu «xizmati» uchun 15 million so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urgut tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, oshxonaning elektrdan 35,9 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
ETK xodimlari tomonidan tadbirkorlarning elektr energiyasidan bo‘lgan yirik miqdordagi qarzdorliklarini o‘chirib berish uchun pul olish holatlari tez-tez uchrab turadi.
Jumladan, Sayxunobod tumani ETK boshlig‘i o‘rinbosari G‘.N. “S.X.” MChJga qarashli oshxonada o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan 21 mln so‘m zararni bazaga kiritmaslik evaziga MChJ rahbari Sh.dan 7 mln so‘m pora talab qilib, shundan 1 mln so‘mni olgan. Qolgan 6 mln so‘mni Sayxunobod tuman ETK ma’muriy binosida (!) olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Jizzax shahar ETK bo‘lim nazoratchisi S.E. “I.S.” MChJ rahbariga ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berish va kelgusida uning faoliyatiga rahnamolik qilib turish evaziga joriy yilning may-iyul oylarida 400 dollar va 2 mln so‘mini qo‘lga kiritib, yana 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Yangihayot tuman ETK yuriskonsulti F.I. fuqaro B.ning elektr energiya iste’molidan vujudga kelgan 9 mln so‘m qarzdorligini sudda ishlovchi tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgan.
Yuriskonsult buning evaziga fuqarodan 100 AQSh dollari va 500 ming so‘mni ETK ma’muriy binosi oldida (!) olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
P.S. Katta ehtimol bilan qo‘lga tushmaganlari salmoqli pullar evaziga millionlab so‘mni tashkil etadigan qarzlarni o‘chirib ham berishyapti.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi
Sport | 08:41
-
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
O‘zbekiston | 08:20
-
Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 08:00
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

00:17 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

17:32 / 31.05.2025