6 yanvar kuni Qirğiziston Respublikasi Energetika vazirligida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston energetika vazirlarining uçraşuvi bölib ötdi.
Qirğiziston Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozoğiston Respublikasi energetika vaziri Bolat Akçulakov va Özbekiston Respublikasi energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov «Qambar-Ota-1» GES qurilişini muhokama qilib, loyiha barça iştirokçi mamlakatlar uçun adolatli va foydali bölişi kerakligini ta’kidladilar. Şundan söng, loyihani amalga oşiriş böyiça yöl xaritasi kelişuvi imzolandi.
«Qambar-Ota-1» GES ni işga tuşiriş muddati texnik-iqtisodiy asoslaş (TIA) işlab çiqilgandan keyin ma’lum böladi. Biroq, Taalaybek Ibrayev sözlariga köra, qurilişga tayyorgarlik allaqaçon boşlangan.
«Qambar-Ota-1» GES qurilişi uçta qöşni davlat uçun foydali deb aytişimiz mumkin. Qirğiziston elektr energiyasini import qilmaydigan, aksinça eksport qiladigan davlatga aylanişi kerak. Qurilişga tayyorgarlik boşlab yuborildi. GES quvvati 1860 MVt ni taşkil etadi», dedi vazir.
Özbekiston va Qozoğiston delegatsiyalari qöşma korxona taşkil etişni har tomonlama qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
«Qambar-Ota-1» GES loyihasi SSSR davrida işlab çiqilgan edi. U Qirğizistondagi eng katta GES böladi. Uning qurilişi uçun taxminan 3 mlrd dollar sarflanişi kutilmoqda. Yangi GES işga tuşirilsa, yiliga 5,6 mlrd kVt⋅s elektr energiyasi işlab çiqiladi.

















