Senatning öttiz yettinçi yalpi majlisi bugun öz işini davom ettirmoqda. Senatorlar “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravişda foydalanganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni muhokama qildi.

Ta’kidlanişiça, bugungi kunda energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq qonunbuzarliklar salmoği ortib bormoqda. Xususan, Boş prokuratura tomonidan 2022 yil va joriy yilning ötgan davri yuzasidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarini buzganlik holatlari böyiça 433 ta jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 368,1 mlrd söm miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Şuningdek, suv ta’minoti tarmoqlariga 1 624 ta noqonuniy ulanişlar aniqlanib, qoidabuzarliklarga yöl qöygan şaxslardan 7 mlrd 144 mln sömlik qöşimça tölovlar undirilgan.
Mazkur qonun uşbu muammolarni bartaraf etiş bilan birga energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan. Xususan, umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida özboşimçalik bilan ulaniş yoxud ularni hisobga oliş asboblari va plombalariga qasddan şikast yetkaziş, şuningdek, uşbu qilmişlarni kommunal xizmati taşkilotlarining mansabdor şaxslari yoki xodimlari bilan til biriktirib, sodir etilgan jinoyat holatlari endilikda öğrilik jinoyati deb baholanişi nazarda tutilyapti.

“Şu bilan birga, Jinoyat kodeksiga “tijorat maqsadi” tuşunçasi kiritilib, jismoniy va yuridik şaxslarning muayyan faoliyatida foyda, daromad oliş, naf körişga qaratilgan maqsad ekani belgilanmoqda.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uçun nazarda tutilgan jinoyatlarga doir işlar böyiça








