8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:37 / 11.07.2019 16521

«Qamchiq» dovonidagi aholi yashash punkti hududida sel kuzatildi 

2019 yil 9 iyul kuni soat 16:00da “Qamchiq” dovonida kuzatilgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi va Ertoshsoyga quyiladigan Sapramat soyida suv sathining ko‘tarilishi natijasida dovonda joylashgan “Ertosh” aholi yashash punkti hududida sel-toshqin holati kuzatildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ushbu sel-toshqin natijasida 27 ta xo‘jalik qatnovini amalga oshiradigan ichki yo‘lning 200 metr qismiga tosh-loyqa massasini kelib tushishi va qatnov uchun yo‘lni yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘ldi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yuqorida kuzatilgan mazkur holat yuzasidan “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi tomonidan joriy yilning 10 iyul kuni sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun “Qamchiq” dovonida faoliyat ko‘rsatuvchi FVDT xizmatlaridan iborat shtab tashkil etilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, shu kunning o‘zida maxsus texnikalar yordamida sel-toshqin oqibatida yo‘lga kelib tushgan tosh-loyqa massasini olib tashlash ishlari amalga oshirilib yo‘lda qatnov tiklandi.

Top