8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:16 / 13.07.2019 5510

Hongkong aholisi Xitoy bilan parallel savdoga qarshi namoyishga chiqdi

Foto: REUTERS/Tyrone Siu

Hongkongning 30 mingdan ortiq aholisi Syonsyoy rayonida Xitoy bilan parallel savdoga qarshi namoyishga chiqdi. Ularning fikricha, parallel savdo uy-joy narxining ko‘tarilishi va gigiyenik sharoitlarning yomonlashishiga olib kelgan.

RTHK telekanalining xabar berishicha, namoyish qatnashchilari shahar hukumatidan parallel savdo rayon hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganiga ko‘z yumishni bas qilishni so‘ramoqda. 

Parallel savdo Hongkong va Xitoy chegarasidagi rayonlarda ancha yillardan buyon gullab-yashnamoqda, unga ko‘ra, har qanday savdogar Hongkongdan oz miqdordagi mahsulotni sotib olishi va Xitoyda sotishi mumkin hamda buning uchun boj to‘lashi shart emas.

Xitoydagi elektron savdo maydonchalari mamlakatda yo‘q yoki qimmat mahsulotlarni arzon narxlarda taklif etishadi va bu mahsulotlarni Hongkongdan olib kelib sotishadi. 

Top