10:54 / 24.07.2019
11001

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida Tojikiston prezidenti davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etgan.

Prezidentning O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol sa'y-harakatlari alohida qayd etildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi, deyiladi xabarda.

Top