Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.

Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada çuqurlaştiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

– Keyingi yillarda oliy darajadagi özaro işonç va qöllab-quvvatlaş ruhidagi faol muloqot natijasida mamlakatlarimiz örtasidagi döstona munosabatlar misli körilmagan yuqori darajaga kötarildi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bilan birga, keng kölamli hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun hali işga solinmagan ulkan salohiyat va katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

– Bugun imzolanayotgan Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi tarixiy şartnomani amalga oşiriş uçun barça darajalarda – parlamentlar, hukumatlar, taşqi siyosiy idoralar, vazirlik va hududlar örtasidagi muloqotlar samaradorligini oşiriş lozim, - dedi davlat rahbari.

Tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş maqsadida çegaraoldi savdo mexanizmlari va savdo infratuzilmasini rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.

Prezidentlar çuqur sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş uçun energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib çiqariş, töqimaçilik, farmatsevtika, agrosanoat va boşqa tarmoqlarda muhim loyihalarni birgalikda amalga oşiriş böyiça qat’iy kelişuvlarga erişilganini olqişladilar.

Suvdan foydalaniş masalalarida konstruktiv va özaro manfaatli muloqotni davom ettiriş masalalari muhokama qilindi.

Prezident hududlararo hamkorlik uçun katta salohiyatdan samarali foydalaniş, taşrif doirasida erişilgan bitim va kelişuvlarni töliq amalga oşiriş muhimligini qayd etdi.

Transport va tranzit taşişlar sohasidagi hamkorlik strategik yönaliş sifatida körsatib ötildi. Prezidentlar bu borada özaro manfaatli şeriklikni kengaytiriş hamda havo va temir yöllari orqali taşişlarni rivojlantiriş, tranzit yuk taşişlar hajmini oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratişni qöllab-quvvatladilar.

Tomonlar madaniy-gumanitar almaşinuvni yanada faol qöllab-quvvatlaşga ahdlaşib oldilar.