9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:31 / 01.08.2019 17832

Samarqand va Jomboy tumanlarida IIBning yangi boshliqlari tayinlandi

Samarqand viloyatining Samarqand va Jomboy tumanlarida Ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Bulung‘ur tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan, «Jasorat» medali sohibi, Salimjon Hayitboyevich Shavmanov Jomboy tuman IIB boshlig‘i vazifasiga tayinlangan. 

Bugunga qadar Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Aminjon Abubakirovich Toshev Samarqand tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Samarqand va Jomboy tumanlari barcha sektorlari rahbarlari, jumladan Ichki ishlar bo‘limi boshliqlari ham ishdan olingan edi

Top