9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

15:54 / 08.08.2019 122871

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Bugun, 8 avgust kuni mulla Abdulg‘ani Bardar boshchiligidagi «Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda «Tolibon»ning Dohadagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Shaxin ma'lum qildi. 

«Bugun mulla Abdulg‘ani Baradar boshchiligidagi siyosiy delegatsiya O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya aeroportda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev tomonidan iliq kutib olindi», - deb yozadi Shaxin ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, payshanba kuni «Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonning yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashadi.

«Muzokaralar jarayoni bo‘yicha texnik guruhlar tinimsiz ishlayapti. Biz kelajak to‘xtamasligi, hamda hech kim Afg‘onistonga aralashmasligiga harakat qilmoqdamiz», - deyiladi xabarda.

«Tolibon» delegatsiyasi vakillari bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri uchrashishi, ular o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun: «Tolibon» delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida Tashqi ishlar vazirligi hozircha hech qanday rasmiy xabar bermadi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi ham bu mavzuda sukut saqlamoqda.

Afg‘onlararo muloqot bo‘yicha Samarqand uchrashuvining aniq sanasi qachon e'lon qilinishi ochiqlandi

Top