Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onlararo muloqot bo‘yicha Samarqand uchrashuvining aniq sanasi qachon e'lon qilinishi ochiqlandi
O‘zbekiston Dohadagi afg‘onlararo konferensiya qarorini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolyutsiyani qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni inklyuziv afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi va bo‘lajak muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildiradi.
Samarqand uchrashuvi o‘tkazilishining aniq vaqti afg‘onlararo muzokaralarning barcha ishtirokchilari bilan kelishilganidan so‘ng e'lon qilinishi aytiladi.
O‘zbekiston tomoni Afg‘onistondagi siyosiy jarayon faqat afg‘on xalqi va uning rahbarligida amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi o‘zining prinsipial mavqeini tasdiqlagan.
Bundan oldin, «Tolibon» O‘zbekistondagi afg‘onlararo uchrashuvga taklifnoma olmagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026