9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:47 / 08.08.2019 12159

Zominda yirik o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 6 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi 38 yoshli M.E. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 iyun kuni soat 20:00 dan 23.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uyiga deraza oynasini sindirib kirib, mehmonxonasidan 15 mln. so‘m puli, 650 AQSh dollari va 2 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorapchi qishlog‘ida yashovchi 27 yoshli T.U. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top