9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:58 / 10.08.2019 10523

Daniya poytaxtida to‘rt kun ichidagi ikkinchi portlash sodir bo‘ldi

Foto: REUTERS

Daniya poytaxti Kopengagenda so‘nggi to‘rt kun ichidagi ikkinchi portlash sodir bo‘ldi. Hodisa 10 avgust kuni Nyorrebro rayonidagi politsiya uchastkasi yonida yuz bergan. Natijada binoga kirish eshigi va derazalar shikastlangan. Portlash sodir bo‘lgan vaqtda binoda hech kim bo‘lmagani uchun odamlar jabrlanmagan.

"Bu shubhasiz, qasddan amalga oshirilgan ish", - dedi politsiya inspektori Yorgen Bergen Skov. Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Portlashdan bir oz vaqt o‘tib politsiya uchastkasi yonidan qochib ketayotgan erkakni ko‘rishgan. Politsiya uni qidirmoqda.  

Daniya poytaxtidagi birinchi portlash 6 avgustda sodir bo‘lgandi. Oqibatda soliq idorasi binosiga jiddiy shikast yetgan va bir kishi jarohatlangan. Politsiya hozircha ikki portlash orasida bog‘liqlik mavjudligi haqida gapirishga erta ekanligini aytmoqda.

Shuningdek, 7 avgust kuni Kopengagendan bir soatlik masofada joylashgan Shvetsiyaning Landskron shahrida portlash yuz bergandi. 

Top