Daniya Korsyor portida joylaşgan harbiy kemada raketa uçiruvçi qurilma tiqilib qolgani sababli yuk taşiş uçun muhim bölgan Katta Belt böğozini yopib qöydi. 4 aprel, payşanba kuni tuşdan keyin Kopenhagendagi Mudofaa vazirligi raketa otilib ketişi xavfi borligini ma’lum qildi. Şu munosabat bilan böğoz hududida havo va dengiz aloqalari yopildi. 

Bir neça soatdan söng Katta Belt böğozidagi yuk taşiş, şuningdek, uning ustidagi havo böşliği qayta oçildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi keçqurun. 

Xavfli zona - 5-7 km radiusda va 1000 m balandlikda 

Gap Daniya Qirollik dengiz floti Niels Juel fregatida faollaştirilgan, keyin esa nosoz bölgan raketa uçiriş moslamasi bilan boğliq. «Raketa uçiriş moslamasi öçirilgunga qadar uning otilişi xavfi bor va raketa bir neça kilometrga uçib ketişi mumkin», - dedi idora parçalarning qulaşi xavfidan ogohlantirib. 

Daniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, xavfli hudud Korsyor dengiz bazasidan 5-7 km radiusdagi va janubiy yönalişda suv sathidan taxminan 1000 m balandlikdagi hududni qamrab olgan. 

5 aprelga qadar Boltiq dengizini Şimoliy dengiz bilan boğlaydigan ikkita eng keng bölgan Katta Belt böğozida harbiy-dengiz maşqlari ötkazilmoqda. Raketa taşuvçisini majburiy tekşiriş vaqtida işga tuşirgiç bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan.