9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

00:22 / 12.08.2019 22227

Turkiya AQSh bilan bahs ortida Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotiga qiziqmoqda   

Foto: TASS

Anqara Vashington Turkiyani F-35 qiruvchi samolyotlari dasturidan chiqarib yuborganidan so‘ng, Rossiyadan Su-35 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Turkiyaning “Yyeni shafak” nashri.

Nashrning ma'lum qilishicha, Turkiya qurolli kuchlari uchun xaridlarga mas'ul bo‘lganlar harbiylarga Su-35’ni sotib olish variantini o‘rganishni so‘rab murojaat qilishgan. Agar harbiylar Su-35’ni sotib olish imkoniyatini ma'qullasa, Anqara “Rosoboroneksport” bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.

Su-35 - 4++ avlodidagi chuqur modernizatsiya qilingan, yuqori boshqariluvchan, ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti bo‘lib, “Suxoy” kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, unda 5-avlod texnologiyasidan foydalanilgan. Su-35 qiruvchi samolyotlarining birinchi xorijiy buyurtmachisi 2015 yilda Xitoy bo‘lgan. Bungacha Su-35 samolyotidan faqatgina Rossiya aerokosmik kuchlari foydalangan.

Vashington bir necha bor Turkiyaga Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlari xaridi uchun sanksiyalar bilan tahdid qilgan va uni F-35 dasturidan chiqarib yuborgan.

Top