9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

07:49 / 13.08.2019 8154

Mirziyoyev hukumatga mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarishni ikki yilda kamida 20 foizga oshirish vazifasini qo‘ydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Vazirlar Mahkamasiga mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarishni ikki yilda kamida 20 foizga oshirish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiyot barqarorligining muhim omilidir. Shu bois mamlakatimizda mahalliylashtirishni rivojlantirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga zarur sharoit yaratilmoqda. Lekin ayrim tarmoq hamda hududlarda mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani tanqid qilindi, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi qayta ishlanmoqda, xolos. Agar bu xomashyolar chuqur qayta ishlansa, qo‘shilgan qiymatni 5 baravargacha oshirish mumkinligi qayd etildi. 
 
“Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz. Joylardagi rahbarlar esa o‘zini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash o‘rniga osongina import qilishga o‘rgangan”, – dedi prezident.

Vazirlar Mahkamasiga barcha tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarish hajmini kelgusi ikki yilda kamida 20 foizga oshirish, import ulushi yuqori bo‘lgan tovarlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Hisob palatasi tarkibida mahalliylashtirishni kengaytirish masalalarini tahlil qiladigan bo‘linma tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. 

Top