9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

16:58 / 14.08.2019 30274

Atamboyevga yana ikkita jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e'lon qilindi

Foto: Mixail Metsel/TASS

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga yana ikkita jinoyat ishi – IES modernizatsiyasi va ofis sotib olish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.

"Harbiy prokuratura yana ikkita jinoyat ishi - IES modernizatsiyasi va Forum binolari bo‘yicha bildirishnoma e'lon qildi", - dedi Slesarev. 

Harbiy prokuratura aybloviga deputatlar komissiyasining xulosasi asos bo‘lib xizmat qildi.

2018 yil yanvarida butun Qirg‘iziston poytaxtini issiqlik va elektr bilan ta'minlaydigan Bishkek IESda avariya sodir bo‘lgandi. Avariyadan so‘ng modernizatsiyasi 386 million dollarga tushgan IES atrofida mojaro kelib chiqdi. IES bo‘yicha shartnoma tuzishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq bosh vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev hibsga olingan.

Top