15:30 / 23.08.2019
95655
So‘m valuta birjasida mustahkamlanishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublika valuta birjasida 23 avgust kungi savdolar natijasida so‘m 1 AQSh dollariga nisbatan yana mustahkamlandi. Bundan valuta birjasidagi ma'lumotlar darak beryapti.

Xususan, 22 avgust kungi savdolarda 1 AQSh dollari 9371 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 23 avgustda bu ko‘rsatkich 1 AQSh dollariga 9366 so‘mni tashkil etdi.

23 avgust kuni birjada savdolar hajmi ham biroz ko‘tarilgan - 74.11 mln dollar. 22 avgust kuni ushbu ko‘rsatkich 66.20 mln dollarga teng bo‘lgandi.

So‘nggi marta so‘m iyul oyida mustahkamlangandi, o‘shanda 1 AQSh dollari uchun 8659 so‘mdan sotilgan, so‘ng eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi va 20 avgustda 1 AQSh dollari uchun 9384 so‘mdan savdo qilindi. Savdolar hajmi 154 million dollargacha keskin o‘sdi - bunday holat iyun oyidan beri sodir bo‘lmagan.

20 avgust kuni Markaziy bank valuta kurslari endi bozorda mustaqil shakllanishi haqida ma'lum qildi.

«Markaziy bank tomonidan valuta uchun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranishi bekor qilindi. Bu farq endi valuta sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan belgilanishiga qaror qilindi. 0,5 foizli chegirmaning borligi valuta bozori ishtirokchilari manfaati uchun zid, degan qarorga kelindi», - deya aytib o‘tdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.

Bundan oldin, sotuvlarning birinchi kuni banklar tomonidan qancha naqd dollar sotilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top