Özbekiston Respublika valuta birjasida 22 avgust kungi savdolar natijasida söm 1 AQŞ dollariga nisbatan biroz mustahkamlandi. Bundan valuta birjasidagi ma'lumotlar darak beryapti.
Xususan, 21 avgust kungi savdolarda 1 AQŞ dollari 9379 sömdan sotilgan bölsa, 22 avgustda bu körsatkiç 1 AQŞ dollariga 9371 sömni taşkil etdi.
Biroq, 22 avgust kuni birjada savdolar hajmi keskin tuşib ketgan - 66.20 mln dollar. 21 avgust kuni uşbu körsatkiç 154.01 dollarga teng bölgandi.
Sönggi marta söm iyul oyida mustahkamlangandi, öşanda 1 AQŞ dollari uçun 8659 sömdan sotilgan, söng eng yuqori körsatkiçga kötarildi va 20 avgustda 1 AQŞ dollari uçun 9384 sömdan savdo qilindi. Savdolar hajmi 154 million dollargaça keskin ösdi - bunday holat iyun oyidan beri sodir bölmagan.
20 avgust kuni Markaziy bank valuta kurslari endi bozorda mustaqil şakllanişi haqida ma'lum qildi.
«Markaziy bank tomonidan valuta uçun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranişi bekor qilindi. Bu farq endi valuta sotuvçilar va sotib oluvçilar tomonidan belgilanişiga qaror qilindi. 0,5 foizli çegirmaning borligi valuta bozori iştirokçilari manfaati uçun zid, degan qarorga kelindi», - deya aytib ötdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Bundan oldin, sotuvlarning birinçi kuni banklar tomonidan qança naqd dollar sotilgani ma'lum bölgandi.












