Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan R.A. (muqaddam sudlangan) va boşqalar jami 4700 AQŞ dollarini fuqaro S.D.ga 59,9 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Buxoro şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.S. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 3650 AQŞ dollarini fuqaro K.M.ga 46,2 mln sömga sotgan vaqtida uşlanib, uning yonidan 64 350 Rossiya rubli, 450 AQŞ dollari va 174,4 mln söm aşyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Davlatobod tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan B.K. jami 3500 AQŞ dollarini fuqaro N.I.ga 44,6 mln sömga sotişga kelişib, şundan 900 AQŞ dollarini berib, 44,6 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Töraqörğon tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda esa, valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan O.J. jami 3400 AQŞ dollarini fuqaro X.R.ga 43,1 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












