14:40 / 04.09.2019
1
21592
Atamboyev sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda
Foto: REUTERS

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev norozilik belgisi sifatida sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.

“U tergovchi va sudyalarning savollariga javob bermayapti, sukut saqlayapti. Bu uning qonunsizlikka qarshi noroziligidir”, - dedi Slesarev.

Chorshanba kuni Bishkek shahar sudi Atamboyevning hibsga olinishini qonuniy deb topdi va Pervomaysk rayon sudining qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni maxsus operatsiya davomida hibsga olingandi. Unga nisbatan qator ayblovlar ilgari surilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top