15:25 / 09.09.2019
1
13322
O‘zbekiston 4 yillik tanaffusdan keyin Ukraina bilan aviaqatnovni tiklamoqda
Foto: Wikipedia

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent - Kiyev - Toshkent yo‘nalishida haftalik charter reysini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda in4avia Telegram kanali xabar berdi.

Reyslar Airbus A320 samolyotlarida har shanba kuni amalga oshiriladi.

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 2015 yil may oyigacha Toshkent - Kiyev - Toshkent yo‘nalishida muntazam reyslarni amalga oshirgan. Parvozlar ikki mamlakat aviatsiya ma'muriyatlari o‘rtasida kelishuvga erishilmaganligi sababli to‘xtatildi. «Ukraina xalqaro liniyalari» aviakompaniyasi ham ushbu yo‘nalishdagi parvozlarni to‘xtatgan.

Uzbekistan Airways - O‘zbekiston aviatashuvchisi bo‘lib, 100 foizi davlatga tegishli shirkatdir. Kompaniya Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlariga 60 dan ortiq yo‘nalishlarda muntazam reyslarni amalga oshiradi. Bugungi kunda «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining parki zamonaviy «Boeing-757/767», «Boeing-787-8 Dreamliner», «Airbus A320» laynerlari, shuningdek «Boeing-767-300BCF» yuk samolyotlaridan iborat. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top