19:53 / 09.09.2019
3
23108

Xitoylik astronomlar koinotdan sirli signallar qayd qilishdi

teleskop /Foto: AFP 2019 / AFP/STR

Xitoylik astronomlar sayyoramizdan 3 mlrd yorug‘lik uzoqligida joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan manbadan tarqalayotgan tezkor signallarni aniqlashdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  

Signallarni 500 metrlik aperturaga ega dunyodagi eng katta sferik radioteleskop FAST qayd qilishga yordam bergan.

Bu signallar o‘zidan bir necha millisekund davom etuvchi radioimpulslarni aks ettiradi. Olimlar hozircha ularning tabiatini tushuntira olishmayapti.

Avgust oxiridan sentyabrgacha teleskop bunday radiosignallardan 100 dan ko‘pini ushlagan. Hozirda ularni mutaxassislar o‘rganmoqda.

FAST teleskopi Xitoyning janubiy Guychjou provinsiyasidagi tog‘larda joylashgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top