Birinçi parvoz 27-30 iyun kunlariga möljallangan bölib, u mikrogravitatsiya bilan boğliq ilmiy tadqiqotlarga yönaltiriladi. Debyut missiyasi doirasida Italiya harbiy-havo kuçlari va mamlakat milliy tadqiqot kengaşining uç nafar vakili koinotga uçadi. 

Missiya Virgin Galactic «noyob suborbital ilmiy laboratoriyasining qiymati va kuçini» namoyiş etadi, deyiladi xabarda. 

Avgust oyi boşida xususiy astronavtlar koinotga uçişadi. Keyingi reyslar har oy amalga oşiriladi. 

Galactic 01 va Galactic 02 deb nomlangan dastlabki ikkita missiya kompaniya veb-saytida jonli efirda namoyiş etiladi. 

Payşanba kuni Nyu-Yorkdagi qöşimça savdolarda Virgin Galactic aksiyalari 44 foizga oşdi.