12:30 / 12.09.2019
0
6466
Elnur Abduraimov va Shahobiddin Zoirov bugun jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun, 12 sentabr kuni musobaqaning to‘rtinchi kuni doirasida O‘zbekiston boks terma jamoasining ikki nafar vakili ringga ko‘tariladi.

Ushbu kun dasturida -52 kilogramm vazn toifasida Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov saralash bosqichi doirasida turkmanistonlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarilsa, -63 kilogramm vazn toifasida Elnur Abduraimov Jazoir vakili bilan hisob-kitob qiladi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Ixlas Gulijanov (Turkmaniston) (A ring, taxminiy boshlanish vaqti – 16:00)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Reda Benbaziz (Jazoir) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 17:00).

Eslatib o‘tamiz, bungacha -75 kilogramm vazn vazn toifasida Fanat Qahramonov hamda -81 kilogramm vazn toifasida Dilshodbek Ro‘zmetov mo‘g‘ulistonlik raqiblarini mag‘lub etib, birinchi bosqichdan o‘tishgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top