09:00 / 22.09.2019
0
14046
Enter Engineering kompaniyasi chet el OAVlari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi

2019 yil 21 sentabr kuni Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi doirasida Toshkentdagi Enter Engineering ofisida ijrochi direktor – bosh direktor o‘rinbosari Sh.B. Sattarov va ma'muriy direktor – bosh direktor o‘rinbosari T.R. Abdullayev ishtirokida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ozarbayjon axborot agentliklari, tahlil markazlari va yoqilg‘i-energetika sohasidagi ixtisoslashtirilgan nashrlar vakillari ishtirok etdilar.

Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, kompaniya rahbariyati Enter Engineering tarixi, uning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek kompaniyaning tashkil etilganidan buyon erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Matbuot anjumanining asosiy mavzusidan tashqari, xorijiy muxbirlar va tahlilchilar, shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalar, kompaniyaning joriy loyihalari, sheriklari va mijozlari hamda Enter Engineering kompaniyasining rejalari bilan qiziqdilar.

Matbuot anjumani 2019 yil 20-21 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan MOMIH (TsARES) mamlakatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti va energetikaga bag‘ishlangan forum doirasida tashkil etildi.

22-25 sentabr kunlari xorijiy OAV vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlariga press-tur uyushtiradilar, ular O‘zbekistonning neft va gaz sanoatidagi yirik loyihalar bilan tanishadilar.

Enter Engineering kompaniyasi matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top