07:38 / 29.09.2019
0
7953
Xitoydagi avtohalokatda 36 kishi halok bo‘ldi
Foto: Twitter/PDChina

Xitoy sharqida joylashgan Tszyansu viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida 36 kishi halok bo‘ldi, yana 36 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar qilgan.

Voqea 28 sentabr ertalab Isin okrugida yuz bergan. 69 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlardan 9 nafarining ahvoli og‘ir. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqeaga avtobus g‘ildiragining yorilishi sabab bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top