Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada avtobus yo‘lovchi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro tufayli odamlarni urib yubordi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri haydovchi ayolni urgan, u esa hushini yo‘qotgan.
Olmaotada yo‘lovchi avtobusi bekatda turgan odamlarni urib yubordi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat olib shifoxonaga yotqizildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga yo‘lovchilardan biri haydovchi ayolni urgani sabab bo‘lgan.
Politsiyaning qayd qilishicha, 22 dekabr kuni kechqurun 47-yo‘nalishdagi avtobusda yo‘lovchi va haydovchi ayol o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Oqibatda, yo‘lovchi haydovchi ayolni urgan, u esa hushidan ketgan. Shunda avtobus boshqaruvdan chiqib, to‘rtta avtomobil bilan to‘qnashgan. Shuningdek, bekatdagi boshqa yo‘lovchilarni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida uch odam halok bo‘lgani, bir qancha yo‘lovchilar, jumladan haydovchi ayol ham jarohat olgani aytilmoqda.
Avtobusda janjal ko‘targan erkak qo‘lga olingan. Unga nisbatan «bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Shuningdek, «Transport vositasini boshqarishda yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ekspertiza tayinlangan.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026